18 Yanvar 2022 Yil 530

Toshkent shahar IIBB PPX brigadasida Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi

Toshkent shahar IIBB PPX brigadasining majlislar zalida Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi o`tkazilib, unda Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi apparati va uning bo`linmalari shaxsiy tarkibi, shuningdek patrulь-post xizmati brigadasi va ularning yaqinlari qatnashdilar.
Tadbirda Toshkent shahar IIBB boshlig`ining o`rinbosari polkovnik M. Аlikariev va JTSB boshlig`i podpolkovnik U. Yakubov ishtirok etib, shaxsiy tarkibni O`zbekiston Qurolli kuchlarining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladilar, ularga sog`liq va xizmatda muvaffaqiyatlar tiladilar.
Tadbir davomida ichki ishlar organlari faxriylarining yosh avlodni tarbiya qilishdagi o`rnilari qayd etildi, xizmat vazifalarini ado etish vaqtida halok bo`lgan xodimlarning xotiralariga hurmat bajo keltirildi.
Bundan tashqari, tadbirda namunali xizmat qilgan xodimlarga ko`krak nishonlari va navbatdagi unvonlar topshirildi.
Tantana Toshkent shahar IIBB Ma’naviyat-ma’rifat ishlari va kadrlar ta’minoti hamda PPX brigadasi xodimlari ishtirokidagi kontsert bilan davom etdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech