16 Май 2022 йил 1699

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida “Oila tinchligi – jamiyat farovonligi” mavzusiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xizmat rahbarlari, ichki ishlar organlari faxriylari ishtirok etdi. Yig‘ilish doirasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsentlari Nilufar Saidalixo‘jayeva va Nodira Akayevalar ma’ruza qildi. Ular har birimiz hayotimizdagi eng muhim narsa bu oila ekanligini ta'kidladilar. Oila - bu jamiyatning kichik bo’g’ini bo'lib, avloddan-avlodga o'tib kelayotgan o'z asoslari va an'analariga ega.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirning ikkinchi qismi 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlandi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Kadrlar boshqarmasining “Nihol” guruhi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Ular tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlar qalbini junbushga keltirdi. Ularning ko'pchiligining ko'zlarida yosh bor edi va qo'shiqlar ijrosi davomida zalda o'tirganlarning Ikkinchi jahon urushi qo'shiqlarini ijro etayotgan san'atkorlar bilan birgalikda kuylashlari eshitildi. Xizmat burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarimizning qahramonliklari ham ushbu tadbirda yodga olindi.

Барча янгиликлар

Text to speech