2 Май 2022 йил 1741

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tibbiyot bo‘limi xodimlari faxriylar holidan xabar olishdi

Ichki ishlar organlari xodimlari keksa avlod vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lib, ularni muntazam yo‘qlab turadilar. Axir, keksa odamlar muloqot, g'amxo'rlik va e'tiborga har qachongidan ham ko'proq muhtoj.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tibbiyot bo‘limi xodimlari yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan mehnat fronti faxriylari va uzoq yillar ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan bir guruh faxriylar holidan xabar oldilar. Shuningdek, Bosh boshqarma Tibbiyot bo‘limi malakali xodimlari tomonidan faxriylarning sog‘lig‘i tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Барча янгиликлар

Text to speech