12 Май 2022 йил 1427

Toshkent shahar IIBB Tibbiyot bo’limi hamshiralari kasb bayramini nishonlashdi

Bemorlarni parvarish qilishda hamshiralar muhim rol o'ynaydi. Bu ish o'ziga xos ma'naviy fazilatlarni, xayrixohlikni, mehr-shafqatni talab qiladi. Ular shifokorning eng yaqin yordamchilari, ularning g'amxo'r qo'llari va ishtirokisiz tibbiy muassasa yaxshi ishlay olmaydi. Hamshiralar tinglashni va rahm-shafqat ko'rsatishni biladilar. Bu kabi fazilatlar bebahodir. insinni oyoqqa turg'izishda ularning hissalari katta.
Bugun Xalqaro hamshiralar kuni. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot bo’limi shifokor va mutaxassislari o‘zlarining eng ishonchli yordamchilarini kasb bayramlari bilan tabriklab, ishlariga muvaffaqiyat, xotin-qizlar baxti tilab, esdalik sovg‘alar topshirdilar.

Барча янгиликлар

Text to speech