12 Апрел 2022 йил 2142

Teatr va kino aktyorlari Mirobod tumanidagi maktabga tashrif buyurishdi

Ma’naviyat oyligi doirasida Mirobod tumani IIO FMB va yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan 294-maktabda teatr va kino aktyorlari Mehriddin Rahmatov, Alisher Otaboev va Xurshid To‘xtalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida aktyorlar o‘quvchilar uchun aktyorlik mahorati bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazdilar hamda suratga olingan voqealar bilan o‘rtoqlashib, maktab o‘quvchilarining savollariga javob berishdi.

Shuningdek, Mirobod tumani IIO FMB boshlig‘i polkovnik Muzaffar Atanazarov yoshlar bilan tarbiyaviy suhbat o‘tkazdi. Xususan, bugungi kun yoshlari har qanday mafkuraviy tahdidlarga qarshi turishi uchun dunyoqarashi keng, ma’naviy-axloqiy ko‘nikmalari aniq bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

Biroq yaratilgan shart-sharoitlarga qaramay, ayrim o‘smirlar maktabda darsga qatnashib bilim olishni o‘rniga, jinoyat dunyosiga olib boruvchi ayanchli yo‘lga kirib qolmoqda. Bunday toifadagi shaxslar bilan ichki ishlar organlari vakillari maqsadli va tizimli ishlarni olib boradilar.

Барча янгиликлар

Text to speech