Shayxontohur tumanida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Shayxontohur tumani "Jarariq" mahallasi binosida 3-sektor rahbari, IIO FMB boshlig‘i polkovnik Oybek Murodov mahalla yoshlari bilan uchrashdi. Unda 10 nafar fuqarolar ishtirok etib, 5 nafar yoshlar o‘z murojaatlarini bildirdilar. Mazkur yig‘ilishda mahallada yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sportni rivojlantirish va ta'lim tizimini isloh qilish bo‘yicha fikrlar bildirildi. Shuningdek, ishtirokchilarga "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonun mohiyati, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar, ish bilan ta'minlash masalalari yana bir marotaba tushuntirildi. Kelgusida bu boradagi ishlar barcha mahallalarda muntazam davom ettiriladi.