30 Июн 2022 йил 1174

Shayxontohur tumani uchinchi sektor rahbari 102-umumta’lim maktabining eng yaxshi bitiruvchilarini tabrikladi

Shayxontohur tumani uchinchi sektor hududida joylashgan 102-umumta’lim maktabida imtiyozli attestatga ega bo‘lgan bitiruvchilarga faxriy yorliq va oltin medallarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Shayxontohur tumani 3-sektor rahbari – tuman IIO FMB boshlig‘i polkovnik Oybek Murodov, hokimiyat vakillari, maktab rahbariyati, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Ushbu maktabni a'lo baholar bilan bitirib, oltin va kumush medal sohibalari bo‘lgan Madina Dustmuxamedova va Zulfiya Nurillaevalarni tuman sektor rahbarlari va hokim o‘rinbosari tabriklab, ularga medal va faxriy yorliqlarni topshirishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar bitiruvchilarga muvaffaqiyat tiladilar.

Барча янгиликлар

Text to speech