20 Апрел 2022 йил 1828

Shayxantohur tumani IIO FMB xodimlari “Zakovat-2022” intellektual o‘yinida bahslashishdi

“Vatan va elga sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” – shiori ostida o‘tkazilayotgan ma'naviyat oyligi doirasida kuni kecha “Jar” sport komplekisida Shayxontohur tumani IIO FMBning bilimdon xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini va kitob yarmarkasi tashkil etildi. Intellektual o‘yinda tuman IIO FMBning sohaviy xizmat xodimlaridan iborat 6 ta jamoa ishtirok etdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan o‘yin natijalariga ko‘ra, boshqarma 3-son IIB xodimlari yetakchilik qilib, yuqori ball bilin birinchilikni qo‘lga kiritdi. Tashkiliy bo‘lim guruhi ikkinchi va MvaFRB xodimlari 3-o‘rin sohibi bo‘lishdi. Ushbu ko‘rik-tanlovda podpolkovnik Boxodir Yormatov esa “Eng faol ishtirokchi” deb topildi. G‘oliblarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bundan tashqari, tashkil etilgan kitob yarmakasida, xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan sevimli kitoblarini xarid qilishdi.

Барча янгиликлар

Text to speech