8 Январ 2022 йил 2180

“Sharq” YPX postida giyohvandlik vositalarini saqlash bilan bog`liq fakt aniqlandi

3-yanvar kuni taxminan soat 13.00 da Bektemir tumanidagi “Sharq” YPX postida 41 yoshli Otabek Y. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomobil to`xtatildi. Tekshiruv davomida avtomobil salonidan 155,45 gr. “gashish” topildi. Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o`tkazish”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Gumonlanuvchi hibsga olingan. Tergov davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech