2 Апрел 2022 йил 1705

“Sharq” YPX maskanida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash bilan bog'liq fakt aniqlandi

2022 yil 31 mart kuni taxminan soat 02.20 da Bektemir tumani “Sharq” YPX maskanida Toshkent shahar IIBB YHXB va Kinologiya xizmati xodimlari bilan hamkorlikda “Lasetti” avtomobili to'xtatildi. Tekshiruv natijasida fuqarolar 1977 yilda tug'ilgan Abdulmannop X., 1989 yilda tug'ilgan Olim N. va 1992 yilda tug‘ilgan Dostonbek A. larning yonidan qora paketga o'ralgan jigarrang o'tkir xidli, mumsimon modda, 80 dona “Tropikamid” hamda 16 dona “Lirika” psixоtrop moddasi borligi aniqlangan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, fuqarolar Bektemir tumani IIO FMBga olib borilgan.

Барча янгиликлар

Text to speech