“Sharq” YPX maskanida giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab saqlash holati aniqlandi
Bektemir tumanidagi “Sharq” YPX maskanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 25 yoshli Bobomurod U. boshqaruvidagi “Laсetti” rusumli avtomashina to‘xtatildi. Tekshiruv natijasida, xolislar ishtirokida avtomashinadan 979 gr. gashish narkotik moddasi topilib, olib qo‘yilgan. Haydovchi va 46 yoshli yo‘lovchi Umid U. qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tayinlandi.