Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan amaliy seminar o‘tkazildi
Joriy yilning 9 mart kuni Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari uchun “Xatshunoslik, ballistik, trasologik, kimyoviy, avtotexnik ekspertiza turlari hamda sovuq qurollar tadqiqotini o‘tkazishni prosessual tartiblari, shuningdek, ashyoviy dalillarni olib qo‘yish va qadoqlash” tartibi mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari podpolkovnik A.Ravshanbekov va katta leytenant G.Nabievlar yig‘ilish ishtirokchilariga ekspertizalarning turlari, voqea joyini ko‘zdan kechirish, ashyoviy dalillarni to‘plash, tashish, olib qo‘yish, qadoqlash va muhrlash tartiblari haqida keng yoritib berdilar. Ushbu seminarda halqaro aeroport hamda Davlat bojxona qo‘mitasining mas'ul xodimlari ham ishtirok etishdi.
Yig‘ilish yakunida Davlat bojxona qo‘mitasi vakillari tashabbusi bilan, Bojxona instituti kursantlari uchun ham shu kabi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.