Sayyor qabullar aholi muammolarini samarali hal etish
Poytaxtimizning Bektemir tumani 3-sektor hududida joylashgan 290-sonli o'rta maktabda tuman IIO FMB boshlig'i podpolkovnik Elyor Ergashev, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimjonov, tuman hokimi Topil Maxamadziyayev, tuman prokurori Tohir Husanov va boshqa mas'ul rahbarlar ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir davomida o'ttiz beshdan ortiq murojaatlar qabul qilindi va ko'rib chiqildi. Ulardan yigirmatasi shu vaqtning o'zida hal qilindi, ikkita ariza ijrosi nazoratga olindi va yettita ariza bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga pul sertifikatlari berildi, shuningdek, ayol tadbirkorlar ham qo'llab-quvvatlanib e'tibordan chetda qolmadilar. Amalga oshirilayotgan sayyor qabullar aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini yanada samarali va oqilona hal etish imkonini beradi.