10 Феврал 2022 йил 1131

Respublika IIV 1-son Аkademik litseyida Аlisher Navoiyning tavalludiga bag`ishlangan tadbir o`tkazildi

Buyuk ajdodimiz Аlisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan IIV 1-son Аkademik litseyida Toshkent shahar IIBB Ma’naviyat-ma’rifat ishlari va kadrlar ta’minoti xizmatining tashabbusi bilan shoirning ijodiga bag`ishlangan ma’rifat tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda litseyning professor-o`qituvchilar tarkibi va o`quvchilari, mashhur olimlar, shoirlar qatnashdilar.
So`zga chiqqanlar qayd etishlaricha, buyuk ajdodimizning merosi bugungi kunda ham o`z dolzarbligini yo`qotmagan va har tomonlama rivojlangan avlodning tarbiyasida muhim o`rin tutadi. Litsey o`quvchilari shoirning g`azal va ruboiylarini o`qidilar.
Tadbir yakunida IIBBning yosh xodimlari va litsey o`quvchilari Аlisher Navoiyning haykali ostida gulchambarlar qo`yishdi.

Барча янгиликлар

Text to speech