12 Март 2022 йил 2661

Rasmiy xabar

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro yo‘lning qatnov qismida IIO xodimlaridan qochayotganligi aks etgan video tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Joriy yilning 10-mart kuni taxminan soat 22:00 larda Shayxontohur tumani, Nurafshon ko‘chasida yo‘lning chetida to‘xtab turgan “Matiz” rusumli transport vositasining ichida ikki nafar fuqaro o‘zini shubhali tutganligi sababli shu hududda xizmat olib borayotgan Shayxontohur tumani IIO FMB PPX inspektorlari tomonidan tekshirilgan. Transport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda giyohvandlik vositalarini iste'mol qilish uchun yasalgan maxsus idishlar borligi aniqlangan. Biroq transport vositasining yo‘lovchisi 1993-yilda tug‘ilgan A.S. IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan transport vositasidan tushib, yo‘lning qatnov qismiga qochib ketgan. Ushbu harakatlari bilan A.S. nafaqat o‘zining, balki atrofdagi odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirgan, transport vositalarining harakatlanishiga xalaqit bergan. IIO xodimlari fuqaro A.S.ning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yib, uni va transport vositasi haydovchisi 1997 yilda tug‘ilgan M.M.ni yaqin oradagi IIBga olib borishgan. To‘plangan hujjatlar asosida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech