12 Май 2022 йил 2392

«Qoradori-2022»: Toshkent shahar IIBB xodimlari giyohvandlik va psixotrop vositalarining noqonuniy savdosi faktlarni aniqlash ishlarini olib borishmoqda

“Qoradori-2022” tezkor-profilaktik tadbiri davomida Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari giyohvandlik va psixotrop vositalarini noqonuniy saqlash va sotish faktlarini aniqlamoqdalar.
Jumladan, joriy yilning 10 may kuni Yunusobod tumanida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan 11-mavzedagi tijorat banki oldida, yo‘l chetida turgan “Neksiya-3” rusumli avtoulov haydovchisi 31 yoshli Rustam N. tekshirilganda, yonidan 0,76 gr. “gashish” moddasi topildi.
Shuningdek, shu kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ko‘p qavatli uylar oldida 24 yoshli Suxrob Z. to‘xtatildi. Uning yonidan 0,31 gr. “gashish” moddasi topildi.
Aniqlangan faktlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276 moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi.

Барча янгиликлар

Text to speech