Qahramonlar oramizda. IIO xodimlarining ogohliklari tufayli fuqarolarning hayotlari saqlab qolindi
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari blekaut kunlarida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib bordilar. Fuqarolarning xavfsizligi ularning xizmatlariga bog`liq edi. Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan aholi xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarga yordam ko`rsatish maqsadida poytaxtni tungi vaqtda kuchaytirilgan patrullash tartibi yo`lga qo`yildi. Qiyin ahvolda qolgan fuqarolar yolg`iz qolmasliklari kerak. Har qanday muammo tug`ilganda ular yordamni his etib turishlari lozim. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining ogohliklari ko`plab fuqarolarning hayotini saqlab qoldi. 2022-yil 26-yanvarga o`tar tunda Sergeli tumani IIO FMB profilaktika inspektori leytenant Jabboraliev D. “Xonobodtepa” mahallasini ko`zdan kechirayotgan edi. Ushbu mahalla hududida qurilish ishlari olib borilmoqda, quruvchilar vaqtinchalik yashashlari uchun vagon joylashgan. Profilaktika inspektori vagondan chiqayotgan kuyindi hidni sezdi. Eshikni ochganda hid o`chib qolgan gulxandan chiqib kelayotganini ko`rdi. Vagon derazalari va eshiklarini ochib chiqqach, inspektor uxlab yotgan ishchilarni uyg`otishga harakat qildi. Аmmo ular behush edilar. Shu zahoti tibbiy yordam chaqirildi, yordamga yetib kelgan Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi evtoekipaji esa fuqarolarni eng yaqin shifoxonaga yetkazdi. Yana bir holat ham 2022 yil 26-yanvar kuni ro`y berdi. Taxminan soat 03:00 da profilaktika inspektori leytenant Ochilov R. tegishli hududni ko`zdan kechirayotganda “Yangi Bunyodobod” mahallasida joylashgan qurilib bitmagan bino yonidan o`tib ketayotgan edi. U ham kuchayib borayotgan kuyindi hidni sezdi. Manbani topgach, odamlar gulxan atrofida uxlab qolganlarini ko`rdi. Gulxan o`chib, tutun xonani to`ldirgandi. Odamlar behush edilar. Bir daqiqa vaqt ham g`animat. Inspektor tez tibbiy yordamni chaqirib, xonaning havosini almashtirishga harakat qildi. Tibbiyot xodimlari kelgandan keyin ham inspektor ularni shifoxonagacha kuzatdi. Profilaktika xodimlarining ogohliklari sababli o`nlab fuqarolarning hayotlari saqlab qolindi.