17 Март 2022 йил 2201

Olmazor tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov Olmazor tumanidagi “Qichqiriq” mahallasidagi “Abdulla Qodiriy” nomidagi kutubxonada navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi. Sayyor qabulda IIBB boshlig'i o'rinbosari Abduvosit Abdurazakov, Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari To‘lqin Teshaev, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi Zafar Bobonov, tuman IIO FMB boshlig‘i Maxkam Vafoev va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdilar.

Qabul davomida ellikka yaqin murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 18 tasi joyida hal etildi, 16 ta murojaat bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi, 12 ta murojaatlarni hal etish yuzasidan muddatlar belgilab berildi. Har bir murojaat Toshkent shahar IIBB boshlig‘i tomonidan nazoratga olindi. Murojaatlarda aholi bandligini ta'minlash, o‘qishga, muddatli harbiy xizmatga imtiyozli yo‘llanma olish, moddiy yordam, tibbiy yordam, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi muammolar kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, probasiya hisobida turuvchi fuqarolar o‘zini ijobiy tarafga o‘zgarganligini bildirib, muddatdan oldin probasiya hisobidan yechishni so‘rab murojaat qildi. Qabulning o‘zida sayyor sud o‘tkazilib, 4 nafar fuqaro jazodan muddatidan oldin ozod qilindi.

Барча янгиликлар

Text to speech