15 Март 2022 йил 1500

O‘g‘rilikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

3 mart kuni Chilonzor tumani IIO FMBga 43 yoshli Barno I. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning uyiga kirib, 2.000 AQSh dollari, 10.000.000 so‘m va 5.000.000 so‘mlik tilla uzukni o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida o‘g‘rilikda gumonlanuvchi shaxs 45 yoshli Bohodir E. aniqlanib, qo‘lga olindi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech