18 Май 2022 йил 1615

Nurli maskan: Kelajak yoshlar qo‘lida

Toshkent shahar IIBB rahbariyatining alohida ko‘rsatmasi bilan joriy yilning 11-17-may kunlari Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida Ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan o‘g‘li bolalar va qiz bolalar o‘rtasida 64 katakli shashka bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida birinchilikni olgan 77-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilarini kuni kecha IIBB HPB xodimlari tomonidan Toshkent vokzalida tantanali ravishda kutib olish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi IIV Alohida namunali ko‘rgazmali orkestiri va Toshkent shahar IIBB Orkestiri xodimlari qatnashib, tadbirda nufuzli yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qimmatbaho sovg‘alar taqdim qilindi.
Shuningdek, 77-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasasida ta'lim olayotgan o‘kuvchilar o‘rtasida sportning shaxmat-shashka, uzunlikka sakrash, yugurish, kurash turlarini o‘z ichiga olgan “Matonat” sport musobaqalari hamda she'rxonlik, tez aytish, yosh kitobxon yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. bo‘lib o‘tdi 1-bosqichiga start berilib bellashuvlar boshlandi.
Tadbirda Toshkent shahar IIBB HPB mutassaddilari ishtirok etib, musobaqalarda faol qatnashgan o‘quvchilarga va ustozlarga esdalik sovg‘alari topshirishdi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB Orkestiri xodimlarining tayyorlagan konsert dasturi hammaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Барча янгиликлар

Text to speech