20 Iyun 2022 Yil 262

Navbatdagi ma'rifat darsi xizmat intizomiga rioya qilish masalalariga bag‘ishlandi

“Intizom oyligi” doirasida Toshkent shahar IIBBda “Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida bir qator tashkiliy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Bosh boshqarmada o‘tkazilgan navbatdagi “Ma'naviyat va ma'rifat” darsida belgilangan talab va qoidalarni buzilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida suhbat olib borildi.
Unda Toshkent davlat yuridik universiteti dosenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, adabiyotshunos olim Rahmon Qo‘chqor o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. Tadbirda IIO xodimlari tomonidan xizmat intizomini buzilishi sabablari, xizmat vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashish holatlari muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida IIBB rahbariyati tomonidan yuqoridagi farmoyish talablarini shaxsiy tarkib e'tiboriga yetkazish bo‘yicha mas'ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech