Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida giyohvandlik vositalarini reklama qiluvchi “narkograffiti” yozuvlar koʼpayib ketganligi yuzasidan videolavha tarqalib, aholi orasida keng muxokamalarga sabab boʼlmoqda. Holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Mazkur video Mirzo Ulugʼbek tumanida tasvirga olingan. Masʼul xodimlar tomonidan devorga yozib ketilgan giyohvandlik vositalar sotuvini amalga oshiruvchi internet-doʼkonlarning reklamasi oʼchirib tashlandi. Hozirda ushbu “narkograffiti”larni yozish bilan shugʼullangan shaxslarni aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Toshkent shahar IIBB ushbu holatlar haqida tezkorlik bilan xabar bergan hamda befarq boʼlmagan fuqarolarga oʼz minnatdorchiligini bildiradi.
Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! Koʼchada va internet tarmogʼida uchragan giyohvandlik reklamasi va savdosi bilan shugʼullanuvchi “internet doʼkonlar” haqida biror maʼlumotga ega boʼlsangiz, “Telegramm” messendjeridagi rasmiy “t.me/StopNarkotikIIVUZBot” boti orqali xabar berishingizni soʼraymiz. Faqat birgalikda bu yovuz illatdan yaqinlarimizni saqlay olamiz.