16 Феврал 2022 йил 1740

Mirzo-Ulug`bek tumani uchinchi sektori rahbarining yoshlar bilan uchrashuvi to`g`risida

Mirzo-Ulug`bek tumani shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha 3-sektor rahbari mahallalar yoshlar yetakchilari bilan uchrashdilar. Yetakchilar bilan uchrashuv davomida “mahallabay” va “fuqarobay” tizimi bo`yicha tashkil qilingan vazifalar doirasi muhokama qilindi. Shuningdek bo`sh vaqtni tashkil qilish va yosh yigit va qizlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda bandliklarini ta’minlash haqida so`z bordi.
Jumladan, 3-sektor ishchi guruhi “temir daftar” ro`yxatiga kiritilgan yoshlar vakillari bilan ishlash bo`yicha tajriba bilan o`rtoqlashdi. Bundan tashqari, yoshlar yetakchilari sog`lom turmush tarzi va sportni targ`ib qilish, beshta tashabbus bo`yicha loyihalarni amalga oshirish, yoshlar festivallari va boshqa tadbirlarni o`tkazish bo`yicha o`z takliflari bilan chiqdilar.

Барча янгиликлар

Text to speech