5 Апрел 2022 йил 1473

Mirzo Ulug‘bek tumani uchinchi sektor rahbari fuqarolarning sayyor qabulini o'tkazdi

Mirzo Ulug‘bek tumani 3-sektor hududidagi “Olmachi” MFYda IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik Farrux Xaydarovning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida imtiyozli tibbiy xizmatga order olish, ishga joylashish masalalari bilan bog'liq murojaatlar kelib tushdi. Jumladan, turmush sharoiti og‘ir va muammosi bor fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatilib, davolanishga order berildi. Ikki nafar fuqaro ish bilan ta'minlandi. Shuningdek, 2 nafar fuqarolarga kommunal qarzdorligi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi va bir nafar fuqaroga komp'yuter jamlanmasi berildi.

Барча янгиликлар

Text to speech