11 Феврал 2022 йил 2001

Mirzo-Ulug`bek tumani 3-sektorining manzilli yordam ko`rsatishga doir faoliyati to`g`risida

Toshkent shahar IIBB xodimlari kam ta’minlangan oilalarga, yolg`iz keksalarga, salomatligi bilan bog`liq muammolari bo`lgan fuqarolarga manzilli yordam ko`rsatish ishlarini jadallashtirmoqdalar.
Mirzo-Ulug`bek tumani shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha uchinchi sektor rahbarining tashabbusi bilan ishchi guruh “temir daftarga” va “ayollar daftariga” kiritilgan oilalardan xabar oldi. 3-sektor hududida yashovchi malakali tibbiy yordamga muhtoj bo`lgan fuqarolarga o`z salomatliklarini tiklash uchun pul mablag`lari ajratildi, homiylar ko`magida bir nechta pensionerlar uchun zarur dori vositalari xarid qilindi, 20 dan ortiq keksalar tibbiy ko`rikdan o`tkazildilar, yana uch nafar keksalarga imtiyozli tarzda tibbiy muassasaga yo`llanma berildi.
Ushbu yo`nalishdagi ishlar poytaxtning boshqa tumanlarida ham davom ettirilmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech