Mirobod tumanida bo`sh ish o`rinlari yarmarkasi bo`lib o`tdi
Yaqinda Mirobod tumani hokimiyati binosida Mirobod tumani IIO FMB Probasiya guruhi tashabbusi bilan tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamkorligida, probasiya hisobida turgan ishsiz, nazorat ostidagi shaxslarni ish bilan ta'minlash yuzasidan mehnat yarmakasi tashkil etildi. Tadbirning eng asosiy vazifalaridan biri ishsiz shaxslarni bandligini ta'minlash, shu bilan birga ularning muammolariga yechim topish. Bu yarmarkaga Sog‘liqni saqlash vazirligi avtoxo‘jaligi, Ruhiy kasalliklar shifoxonasi, Toshkent suv ta'minoti korxonasi masʼul xodimlari va boshqa korxona-tashkilotlar oʼzlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari yuzasidan qatnashdilar. Ushbu tadbirga probasiya hisobida turgan 50 dan ziyod nazorat ostidagi shaxslar qatnashib, ulardan 11 nafari shu joyni o‘zida ishga kirish istagini bildirib, xujjatlar rasmiylashtirish uchun korxonaga taklif etildi. Shu kabi ishlar boshqa tumanlarda ham olib borilmoqda.