10 Март 2022 йил 1940

Mebel uchun oldindan to'lov olib, ishni bajarmagan shaxs javobgarlikka tortiladi

Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga 39 yoshli Anvar J. ariza bilan murojaat qilib, yanvar oyida 25 yoshli Shoxislom N. 9.700.000 so‘mga mebel yasashni va’da qilganini aytdi. Oldinroq 6.200.000 so‘m olib, va’dasini bajarmagan. Shoxislom pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yubordi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech