13 Май 2022 йил 1798

Maqsad yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

Mirobod tumani sektor rahbarlari tashabbusi bilan “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik paradi bo‘lib o‘tdi. Ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilar va yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan tadbirda yoshlarni harbiy sohaga qiziqishi va ishonchini orttirish bosh maqsad qilib olindi. Harbiy paratda tuman IIO FMB boshlig‘i polkovnik Muzaffar Atanazarov, tuman hokimi Sh. Pulatov, tuman prokurori G. Axunov, Toshkent Davlat transport universitetining rektori O. Abduraxmonov hamda tuman aholisi, faxriylar va yoshlar vakillari ishtirok etishdi.

Erta tongdan IIBB PPX maxsus otliq bo‘linmasi xodimlari, Mirobod tuman IIO FMB PPX ni skutorda harakatlanuvchi guruhi xodimlari, profilaktika inspektorlaridan tashkil topgan maxsus bo‘lim shaxsiy tarkibi, tuman Milliy Gvardiya bo‘limining maxsus bo‘linmasi va Qo‘riqlash bo‘limining xodimlari, IIV Qorovul Qo‘shinlarining harbiy qismi askarlari hamda Temurbeklar maktabining tinglovchilari, 294-maktabning Milliy Gvardiya maxsus sinflari o‘quvchilari va tumandagi boshqa maktablarning o‘quvchilari Mirobod tumani Ozorbayjon milliy markazi oldida saf tortdi. So‘ngra harbiy orkestr sadolari ostida harbiy paratda ishtirok etganlarni tuman aholisi va mehmonlar ko‘tarinki kayfiyat bilan kuzatdilar, olqishladilar.

Барча янгиликлар

Text to speech