21 Апрел 2022 йил 1472

Maqsad – ayollarni ta’qib va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida huquqiy bilimlarini oshirish

Ma'lumki, hozirgi vaqtda Toshkent shahar IIBB va poytaxt hokimiyatining qo‘shma rejaga asosan, oila-turmush doirasida ayollar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida “Oilalarda barqaror muhitni mustahkamlash” oyligi davom etmoqda.

Bu borada Yangihayot tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan hududda joylashgan tibbiyot muassasasining ishchilari uchun “Zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilish va zo‘ravonlikni oldini olish” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o`rni, oilaviy qadriyatlar, gender tenglik, xotin-qizlarga nisbatan turli xil tazyiq va zo`ravonliklarga yo`l qo`ymaslik kabi mavzularni muhokama qildilar. Bundan tashqari, ular ishtirokchilarga xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlarning ayollarni barcha turdagi zo`ravonliklardan himoya qilish borasidagi vakolatlari to`g`risida so`zlab berdilar.
Shunday tadbir Yangihayot tumani «Yorqin hayot» mahalla faollari o‘rtasida ham uyushtirildi. Tuman IIB xotin-qizdar masalalari bo‘yicha katta inspectorlari tomonidan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.

Барча янгиликлар

Text to speech