19 Апрел 2022 йил 1892

Shayxontohur tumani «Mannon Uyg‘ur» va «Sarxumdon» mahallalarida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Yaqinda Shayxontohur tumani 3-sektor hududida joylashgan"Mannon Uyg'ur" mahallasida 3-sektor rahbari – tuman IIO FMB boshlig'i polkovnik Oybek Murodov, tuman hokimining birinchi o'rinbosari, tuman prokurori, hamda tuman tibbiyot birlashmasi vakillari ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi. Qabulda 32 nafar fuqaro va yoshlar qatnashdi.

Murojaatlarning barchasi yuzasidan ijobiy qaror qabul qilinib, ularni qisqa muddatlarda ijroga qaratish bo'yicha mutasaddi rahbarlarga ko'rsatmalar berilib, nazoratga olindi. Shuningdek, 4 nafar yoshlarning murojaatlari joyida xal etilib, ularga oliy ta'lim muassasalarida o'qish uchun kontrakt pullari to'langanligi yuzasidan to'lov qaydnomalari topshirildi.

Keyingi uchrashuv Shayxontohur tumani "Sarxumdon" MFYda o‘tkazildi. Qabulda 14 nafar fuqaro va yoshlar qatnashdilar. Murojaatlarning barchasi ijobiy hal qilinib, ularni qisqa muddatlarda ijroga qaratish bo'yicha mutasaddi rahbarlarga ko'rsatmalar berilib, nazoratga olindi.

Барча янгиликлар

Text to speech