13 Апрел 2022 йил 1380

Ma’naviyat oyligi: Toshkent shahar IIBB xodimlari atoqli adib Abdulla Qodiriy xotirasiga hurmat bajo keltirdilar

Ma'naviyat oyligi doirasida hamda o‘zbek romanchiligining asoschisi, vatanparvar adib Abdulla Qodiriy xotirasiga ehtirom ko‘rsatish, milliy adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini ulug‘lash maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB va Toshkent shahar IIBB JTSB bo‘linmalari shaxsiy tarkibi Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi. Birgalikda adibning xaykali ostiga gulchambar quyildi. Tadbirda ulug‘ yozuvchining ilmiy-ijodiy merosi, hayot yo‘li, asarlarini yodga olishdi.
Bundan tashqari xodimlar uchun Toshkent shahrida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi muzeyga ekskursiya tashkil etildi. Ular buyuk yozuvchi Abdulla Qodiriyning yashagan uylari va sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi.

Барча янгиликлар

Text to speech