7 Апрел 2022 йил 1614

“Maʻnaviyat oyligi” doirasida Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida yigʻilish boʻlib oʻtdi

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida “Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi” ijrosi hamda joriy yilning 2-aprelidan 2-may kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Maʻnaviyat oyligi” doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda IIBB sohaviy xizmatlarining kadrlar boʻlinmalari, JTSB, YHXB va tuman IIO FMB boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, shuningdek Patrul post xizmati va Yo‘l patrul xizmati batal'on komandirlarining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari qatnashdilar.
Yigʻilishni Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshligʻining oʻrinbosari – Maʻnaviy-ma’rifiy ishlar xizmati boshligʻi polkovnik Xamza Maxsumov hamda Toshkent shahar IIBB boshligʻining oʻrinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig'i polkovnik Aliaxmad Chorievlar olib borishdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi” doirasida olib borilgan ishlar muhokama qilindi. Jumladan, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni izchil yoʻlga qoʻyish maqsadida 13 ta ichki ishlar organlarida vatanparvarlik xonalari (burchaklari) tashkil etildi.
Shuningdek, ko‘plab madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilib, ularda xodimlar orasida xalqimizning milliy madaniyati va qadriyatlariga boʻlgan munosabatni mustahkamlab, maʼnaviy-axloqiy meʼyorlarni shakllantirib, Oʻzbekiston xalqining urf-odatlari, boy tarixi hamda anʼanalariga boʻlgan hurmat tuygʻusini singdirish kabi masalalarga katta e'tibor qaratildi.
Polkovnik Aliaxmad Choriev “Konsepsiya”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarda mavjud kamchiliklar haqida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir so‘ngida polkovnik Xamza Maxsumov “Maʻnaviyat oyligi”ni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Барча янгиликлар

Text to speech