10 Январ 2022 йил 1338

Toshkent shahar IIBBda ma’naviyat-ma’rifat tadbiri bo`lib o`tdi

Yaqinda Toshkent shahar IIBBning shaxsiy tarkibi bilan ma’naviyat-ma’rifat darsi karantin talablariga rioya qilingan holda o`tkazildi. Xodimlarga “Taraqqiyot strategiyasi yo`lidan” mavzusi bo`yicha onlayn tartibda “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi ijrochi direktori E. Tulyakov ma’ruza qildi.
Tadbir davomida spiker O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan Yangi O`zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi mamlakatdagi o`zgarishlar uchun poydevor bo`layotganini qayd etdi. Yettita ustuvor yo`nalishlardan iborat bo`lgan ushbu muhim hujjatda islohotlarning ketma-ketligi va uzluksizligi maqsadida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasiga” g`oyasi e’lon qilingan. Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan tezislar Yangi O`zbekiston Taraqqiyot strategiyasi milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga zamin yaratishi qayd etildi.
Bundan tashqari, tadbirda shaxsiy tarkib o`tgan haftada ro`y bergan siyosiy hodisalar bilan tanishtirildi.

Барча янгиликлар

Text to speech