28 Март 2022 йил 1451

Toshkent shahar IIBBda ma’naviyat-ma’rifat tadbiri o`tkazildi

Bugun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda “Korrupsiya – ma’naviyat dushmani” mavzusi ko‘tarildi. Ma’ruza Toshkent shahar yuridik texnikumining taklif etilgan o‘qituvchilari tomonidan tayyorlandi. Ma’ruzachi xodimlarni 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning asosiy tamoyillari bilan tanishtirdi va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillaridan biri ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, Toshkent shahrida oʻtkazilgan Xalqaro investitsiya forumi haqida lavha ko'rsatildi. Tadbir so‘ngida alohida e’tibor qozongan xodimlarga ko‘krak nishoni va qo‘l soatlari topshirildi.

Барча янгиликлар

Text to speech