13 Июн 2022 йил 1679

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida “Korrupsiya va davlat taraqqiyoti: muammo va yechimlar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ma’ruza O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professori, polkovnik Sharif Qobilov tomonidan tayyorlandi. U o‘z nutqida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani yaratish va takomillashtirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilgani, ulardan biri 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi ekanligini ta’kidladi. Korruptsiya xavfini aniqlash va tizimli tahlil qilish uchun mas'ul bo'lgan alohida organ - Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.

Shundan so‘ng, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi faxriysi, iste’fodagi podpolkovnik Adiljon Xadjayevga “Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi” ko‘krak nishoni topshirildi. Shuningdek, IIBBning ayrim xodimlariga farzandlarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun mo‘ljallangan sertifikatlar topshirildi.

Барча янгиликлар

Text to speech