19 Сентябр 2022 йил 866

Litsey o'quvchilariga mahorat darsi o‘tildi

“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyda o‘quvchi-yoshlari uchun Toshkent shahar IIBB Kasbiy tayyorgarlik bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, ichki ishlar organlari tizimida foydalanilishi ko‘zda tutilgan bir qator o‘q otar qurollar hamda maxsus vositalar bilan tanishtiruv amalga oshirilib, ularning taktik-texnik tavsifi va foydalanish usullari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarga qo‘l jangi va jangavor sambo usullari namoyish qilinib, kelgusida ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilish niyatida bo‘lgan yoshlarga fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda ularning xavfsizligini ta’minlashda, garovdagilarni ozod etishda hamda xavfli jinoyatchilarni qo‘lga olishda zarur bo‘lgan bir qancha jangavor usullar qo‘llash bo‘yicha batafsil ma’lumotlar va amaliy mashqlar ko‘rsatib berildi.
Shu bilan birgalikda litseistlar bilan saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari, harbiy intizom qoidalari borasida mas’ul xodimlar tomonidan master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘quvchi-yoshlar bilan o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar ular ongida Vatanga muhabbat va xalqqa sadoqat ruhida xizmat qilish tuyg‘ularini shakllantirib kelmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech