23 Апрел 2022 йил 1355

Kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Uchtepa tumanida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida, “Cobalt” rusumli avtomashina to‘xtatildi. Tekshiruv natijasida, avtomashina yukxonada 258 dona “Tropikamid” dori vositalari borligi aniqlanib, olib qo‘yilgan.
Haydovchi va yo‘lovchisi — 28 yoshli Abdulqodir S. va 23 yoshli Mehruz O. qo‘lga olindi. Ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tayinlandi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi 3-qismi (Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Барча янгиликлар

Text to speech