2 Март 2022 йил 2325

Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yunusobod tumani IIO FMBdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tkazilgan profilaktika tadbirlari davomida IIBB xodimlari tomonidan 41 yoshli Sanjar F. boshqaruvidagi “Laсetti” rusumli avtomashina to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida avtomashina salonida 105 dona “Zardeks”, 78 dona “Regapen” va 9 dona “Tropikamid” dori vositalari topilib, musodara qilindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi 3-qismi (“Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech