22 Январ 2022 йил 2271

Korrupsiyaga qarshi kurash – birinchi darajali vazifa

Toshkent shahar IIBBda xizmat intizomini mustahkamlash va korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag`ishlangan seminar bo`lib o`tdi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB markaziy apparati mas’ul xodimlari, poytaxtning barcha tumanlari IIO FMB va soha bo`linmalari, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi vakillari qatnashdilar.
Аgentlikning mas’ul xodimlari “Korrupsiyasiz sohada” mavzusida bayonot bilan nutqga chiqib, korrupsiya kabi muammoga qarshi kurashish huquqni muhofaza qilish organlari va jamiyat oldida turuvchi mas’uliyatli vazifa ekanligini ta’kidladilar. Hukumat va manfaatdor tuzilmalar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha choralar qayd etildi va bu ishlarni faollashtirish davr talabi ekanligi ta’kidlandi.
Korrupsiyaning psixologik jihatlariga bag`ishlangan mavzu bo`yicha Ma’naviyat-ma’rifat ishlari va kadrlar ta’minoti xizmati inspektor-psixologi katta leytenant Parviz Аmirov bayonot berdi.
Seminar davomida korrupsiyaga yo`l qo`ymaslikka yo`naltirilgan huquqiy tashviqot, profilaktik tadbirlar o`tkazish bo`yicha yaxshi natijalar ko`rsatgan bir qator soha bo`linmalari va xizmatlariga Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi va Toshkent shahar IIBB tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

Барча янгиликлар

Text to speech