1 Апрел 2022 йил 1715

Toshkent shahar IIBB kinologiya xizmati xodimlari xizmat itlari yordamida giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi faktlarini aniqlamoqdalar

Тoshkent shahar IIBB JTSB Kinologiya xizmati xodimlari tomonidan joriy yilda 322 marotaba xizmat itlari bilan voqea joylariga chiqilib, jami 130 ta jinoyatlarni fosh etilishida ishtirok etishgan. Shundan qotillik 4 tа, o’g’rilik 47 tа, giyohvandlik bilan bog’liq 61 tа vа o’zga jinoyatlar 16 tаni tashkil etadi. Jumladan, Toshkent shahar IIBB YPXB xodimlari bilan xamkorlikda, YPX maskanlari hamda blok-postlarda jami 60 ta giyohvandlik bilan bog’liq holatlar aniqlangan.

Masalan, 23 mart taxminan soat 01.10 da Chilonzor tumanidagi “Erkin” YPX maskanida “Kobalt” rusumli avtomobil to‘xtatildi. Tekshiruv natijasida kinologiya xizmati kichik inspektor kinologi safdor B.Xotamov “Alina” laqabli xizmat iti yordamida 32 yoshli yo‘lovchi Jasur N. ning yonidan 0,47 gr. “gashish” topdi. Mazkur holat asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276 moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Yana bir misol. 26 mart kuni taxminan soat 15.10 da Bektemir tumanidagi “Sharq” YPX maskanida Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga harakatlanib ketayotgan “Kobalt” avtomobili Toshkent shahar Kinologiya xizmati kichik inspektor-kinologi kichik serjant S.Yuldashev hamda YPX inspektori serjant J.To’raboevlar tomonidan to’xtatildi. Avtotransport vositasi xolislar va xizmat iti ishtirokida tekshirilganda, ushbu avtotransport vositasida yo’lovchi sifatida kelayotgan 48 yoshli Dilmurod X. ning yonidan 0,26 gr. “gashish” topishdi. Mazkur holat asosida ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276 moddasi bo‘yicha (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Барча янгиликлар

Text to speech