11 May 2022 Yil 652

Toshkent shahar IIBB JTSB kinolog-xodimlari Xalqaro itlar ko‘rgazmasida birinchilikni qo‘lga kiritishdi

Dam olish kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Kinologiya klublari uyushmasi hamda “Tabiat dog” klubi tashabbusi bilan barcha zotlardagi itlarning xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Sergeli tumanidagi “Green Park” istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga yig‘ilgan tomoshabinlar itlar hamda ularning mashg‘ulotlaridan mamnun bo‘lishdi. Tadbirda poytaxt huquq-tartibot idoralarining kinologiya xizmatlari, Toshkent shahar IIBB JTSB Kinologiya xizmati xodimlari hamda oddiy havaskorlar ishtirok etishdi. Kinologlar va jonzotlarining ko‘rgazmali chiqishlari tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘lishdi.
Ko‘rgazma yakunlariga ko‘ra, JTSB Kinologiya xizmati kinologlari safdor A.Alimov o‘zining “Buran” laqabli nemis ovcharkasi va safdor Q.To‘xtasinov “Sofiya” laqabli itlari hakamlar hay'atining eng yuqori bahosini olib, shohsupaning birinchi o‘rinlarini egallashdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech