11 Январ 2022 йил 2445

Jinoyatlarni oldini olish, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish bo`yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Uchtepa tumani IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati xodimlari uchrashuv tashkil qilib, unda jinoyatlarni oldini olish, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish bo`yicha ustuvor vazifalarni muhokama qildilar. Tadbirda tuman ma’muriyati vakillari, mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi, tumandagi 60 mahallalar raislari va hududiy profilaktika inspektorlari qatnashdilar. Tadbir ishtirokchilariga qisqa ravishda mahallalardagi kriminogen holat, profilaktika inspektorlari tomonidan joylarda amalga oshirilgan ishlar haqida so`zlab berildi, muvaffaqiyatli ishlar misol qilib keltirildi.
Uchrashuv davomida yaqin istiqboldagi vazifalar belgilandi va profilaktik tadbirlarni o`tkazish bo`yicha aniq topshiriqlar berildi.

Барча янгиликлар

Text to speech