11 Феврал 2022 йил 1352

Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun navbatdagi dars o`tkazdilar

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari bolalar ishtirokidagi yo`l-transport hodisalarini kamaytirish uchun maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida muntazam ravishda suhbatlar, profilaktik tadbirlar o`tkazadilar. Yaqinda shu kabi aktsiya Shayxontohur tumanidagi 448-son bolalar bog`chasida YHXB 3-batalyoni YPX inspektorlari katta leytenant J. Ergashev va leytenant I. Jumaniyozovlar tomonidan o`tkazildi. Tadbir fuqarolar, ayniqsa voyaga yetmaganlar ishtirokidagi yo`l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida 30-yanvar kunidan 28-fevralga qadar o`tkazilayotgan “Diqqat: piyoda!” oyligiga bag`ishlangan edi.
Tadbir davomida bolalar bog`chasi tarbiyalanuvchilari xodimlarning savollariga javob berdilar, so`ng maxsus maydonda yo`l harakati qoidalariga doir bilimlarini namoyish etdilar.

Барча янгиликлар

Text to speech