31 Январ 2022 йил 1880

Tergov amaliyotidan. Insofli oshini yer, insofsiz — boshini

Turli sharoitlar sababli korxonaning kassasidan pul olgan kishini oqlab bo`ladimi? Oqlash uchun millionta sabab topish mumkin, ammo ushbu xatti-harakat jinoyat hisoblanishini va tashkilot pul mablag`larini yoki boshqa mulkini o`zlashtirish yoki rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilish hisoblanishini unutmaslik darkor.

45 yoshli M.B. poytaxtga ko`chib kelgach, hayotini yangitdan boshlashga qaror qildi. U sudlanganligini unutishga harakat qildi, tamagirligi bir qator ko`ngilsizliklarga sabab bo`lganini yaxshi bilardi. Iyunь oyida e’lon bo`yicha ish topib, aholiga xizmat ko`rsatadigan unitar korxonalardan biriga buxgalter-kassir lavozimiga qabul qilindi. Oylik olganida nihoyat pullarning bir qismini oilasiga jo`natishidan, qarzlaridan qutulishidan, qolgan pulni esa xonadonining ijara to`loviga ajratishidan xursand bo`ldi. Birinchi ish haftasi ham o`tdi va u o`zini ijobiy tomondan namoyon qildi. Korxonadagi bosh buxgalter zarurat yuzasidan mehnat ta’tiliga chiqishga majbur bo`ldi va uning majburiyatlari M.B.ga yuklandi. M.B. ishga kirishgach, unga barcha pullar, hujjat va muhr joylangan seyfning kaliti topshirildi. U mijozlarni qabul qilib, pullarni qabul qilar edi. Аmmo ma’muriy talablarga muvofiq pullarni bankka topshirishni unutardi. Oradan bir oy o`tgach janjal chiqdi. Ma’lum bo`lishicha, odatiy ish hajmiga qaramasdan korxonaning bankdagi hisob raqamiga o`tgan oyda kam mablag` kelib tushgan ekan. Rahbariyat bosh buxgalterni chaqirib olib, tekshiruv o`tkazish topshirig`ini berdi. Tekshiruv natijasida M.B. bankka 11 625 000 so`m kam pul kiritgani ma’lum bo`di. Аmmo ushbu pullar seyfda ham yo`q edi, ular qaerga ketganini esa M.B. tushuntirib bera olmadi. Pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan M.B. ularni vaqt o`tgach joyiga qo`ymoqchi bo`lgan. Аmmo ushbu xatti-harakati jinoyat ekanligini yaxshi bilardi. Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi (“O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Барча янгиликлар

Text to speech