2 Август 2022 йил 1004

IIV Akademiyasi bitiruvchilarining Toshkent shahar IIBB mas'ul xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBBda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini bitirib, Bosh boshqarma ixtiyoriga yuborilgan 12 nafar qizlar bilan suhbat o‘tkazildi. Uchrashuv davomida vazirlikning tegishli buyruq va ko‘rsatmalariga asosan, ichki ishlar organlari xodimlarining huquq va majburiyatlari haqida so‘zlab berildi. Qolaversa, tadbirda ichki ishlar organlarida xizmat intizomi talablariga hamda qonunchilikka rioya qilish, mavjud muammolar va ularga yechim topish yo‘llari haqida so‘z bordi.
Shuningdek, yosh ofitserlarga aholi bilan ishlash prinsiplari hamda fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish zarurligi haqida ta'kidlab o‘tildi. Uchrashuv yakunida bitiruvchilarga kelgusidagi xizmat faoliyatida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Барча янгиликлар

Text to speech