16 Феврал 2022 йил 1570

IIBB soha xizmatlari xodimlari orasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, xodimlarning ruhiy-ma’naviy tarbiya darajasini, kasb mahorati va bilimlarini oshirishga qaratilgan uchrashuv bo`lib o`tdi. Kinologiya xizmati va karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi shaxsiy tarkibi bilan o`tkazilgan uchrashuvda JTSB rahbariyati ishtirok etdi. Tadbirda so`z ichki ishlar organlarida xizmat intizomi talablariga, qonunchilikka rioya qilish, mavjud muammolar va ularga yechim topish yo`llari haqida so`z bordi.
Uchrashuv davomida Toshkent shahar IIBB JTSB boshlig`i podpolkovnik U. Yakubov bo`linmalar rahbarlarini har bir xodimga nisbatan e’tiborliroq bo`lishga, ularning ruhiy-psixologik holatini va oilalaridagi holatni batafsilroq o`rganishga chaqirdilar. Xodimlar tashqi qiyofalariga e’tiborli bo`lishlari va fuqarolar bilan muloqot qilish madaniyatiga rioya qilishlari zarurligi eslatildi.
Uchrashuvga shuningdek xodimlarning ota-onalari va turmush o`rtoqlari taklif qilindi. Ular xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo`ldilar. Mehmonlarga faoliyat uchun tashkil qilingan qulay shart-sharoitlar, huquqiy va ijtimoiy himoya, xodimlar va ularning oilalarini moddiy qo`llab-quvvatlash to`g`risida ma’lumot berildi.

Барча янгиликлар

Text to speech