15 Феврал 2022 йил 1679

Ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirish tizimli ishlari – davr talabidir

Toshkent shahar IIBB boshlig`ining buyrug`iga muvofiq O`zbekiston Respublikasi IIV 1-son Аkademik litseyida Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismi xodimlari uchun bilim va malaka darajasini oshirish, dunyoqarashni kengshaytirish, vatanparvarli, mas’uliyat va tanlangan kasbga vafodorlikni shakllantirishga qaratilgan sayyor o`quv mashg`ulotlari tashkil qilindi. Mashg`ulotlar davomida xizmat, jangovar, saf va ruhiy-psixologik tayyorgarlikka, qonunchilikka rioya qilishga, jismoniy faollikni oshirishga katta e’tibor qaratildi.
Buyruq bilan tasdiqlangan o`quv mashg`ulotlari dasturi asosida treninglarga Bosh boshqarma sohaviy xizmatlarining malakali mutaxassislari jalb qilinmoqda.
Xodimlar ma’nan rivojlangan, jismonan baquvvat bo`lishlari, qiyin holatda tezkor to`g`ri qaror qabul qilishga qodir bo`lishlari muhimdir.

Барча янгиликлар

Text to speech