8 Январ 2022 йил 2826

Huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari doimo xushyorlar

6-yanvar kuni Shayxontohur tumani IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori katta leytenant B.N. Razzakov profilaktik tadbirlar o`tkazish hamda o’ziga biriktirilgan hududni ko`zdan kechirish davomida shubhali shaxsni ko`rib qoldi. Profilaktika inspektori tomonidan ushbu shaxs tekshirilib, shaxsiga aniqlik kiritilganda u O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida (“Firibgarlik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi tariqasida qidiruvda bo’lgan 38 yoshli I.P. ekanligi aniqlandi. Ushbu shaxs tergov tadbirlarini amalga oshirish uchun Shayxontohur tumani IIO FMBga yetkazildi. Fuqaro I.P.ning xatti-harakatlariga tergov bo’limi tomonidan huquqiy baho beriladi. Shuni ta’kidlash lozimki gumonlanuvchi aynan profilaktika inspektorining xushyorligi hamda sergakligi sababli qo`lga olindi va bu bilan kelgusida sodir etilishi mumkin bo’lgan jinoyatni oldi olindi. 

Барча янгиликлар

Text to speech