18 Апрел 2022 йил 1607

Giyohvandlik vositalarini saqlash bilan bog`liq holat aniqlandi

2022 yilning 14 aprel kuni taxminan soat 00.30 da Bektemir tumanidagi “Sharq” YPX postida IIBB YPX inspektorlari hamda JTSB Kinologiya xizmati xodimlari Toshkent viloyatiga chiqib ketayotgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatildi. Xolislar ishtirokida va xizmat iti yordamida tekshirilganda, 65 yoshli Sergey A. ning kurtkasining cho‘ntagidan 17,71 gr. “gashish” topildi. Shuningdek, fuqaroning uyidan ham 1,19 gr.“gashish” moddasi topilib, xolislar ishtirokida olib qo‘yildi. Mazkur holat asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o`tkazish”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Gumonlanuvchi ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech