Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qonunga xilof tarzda saqlash bilan bog‘liq holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Poytaxtda o’tkazilayotgan maxsus “Qoradori-2022” profilaktik tadbiri davomida joriy yilning 12 may kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Sayram ko‘chasida 21 yoshli Dilshod R. ismli shaxs to‘xtatilib, holislar ishtirokida tekshirilganda uning yonidan qora paketga o'ralgan 220 dona “Tropikamid”, 2900 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari hamda 25,27 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273 moddasi 5 qismi (“Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi